So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

07 jan 12:15
Yangiliklar

SHaxmat

2025 yilda eng ko'p mukofot puli yutgan shaxmatchilar, ro'yxatda Nodirbek va Javohir ham bor!

Ortda qolgan 2025 yil davomida yirik xalqaro individual turnirlarda yutilgan mukofot pullari bo'yicha TOP shaxmatchilar ro'yxati elon qilindi.

Ro'yxatni kutilganidek, shaxmat afsonasiga aylanib ulgurgan norvegiyalik Magnus Karlsen boshqarib bormoqda. Aynan u millionlik marrani zabt etgan yagona shaxmatchi hisoblanadi. Yaqindagina rapid va blic yo'nalishlarida jahon chempioniga aylangan Magnus 2025 yilda 1 million 455 ming 276 AQSH dollari miqdorida mukofot pullari ishlab topgan. Bu summaga alohida chaqiruv uchun shaxmatchiga berilgan pullar kirmaydi. 

Magnus Karlsenning eng katta mukofot puli 250 000 dollar, yani bitta turnirda u shuncha mablag' ishlab olgan. Amerikalik shaxmatchilar Fabiano Karuana va Levon Aronyan mos ravishda 889,598 hamda 751,881 dollar mukofot puli bilan kuchli uchlikka yakun yasab bergan. Karuananing eng katta gonorari 150, Aronyanniki esa 200 000 dollar.      

Ro'yxatning 9-pog'onasi Nodirbek Abdusattorovga tegishli. Blic yo'nalishida jahon vice-chempionligini qo'lga kiritgan birinchi raqamli shaxmatchimiz 2025 yilgi mavsumda 16 ta yirik turnirda qatnashib, umumiy hisobda $361 811 mukofot puli jamg'ardi. Uning yil davomida olgan eng katta bir martalik mukofoti $85 000 bo'lgan.

Yana bir grossmeyterimiz Javohir Sindarov bu borada 10-o'rinni band etdi. U yil davomida 11 ta yirik turnirda qatnashdi va natijalari bo'yicha $349 955 mukofot puli bilan kuchli o'ntalikka yakun yasadi. Uning eng katta bir martalik mukofoti $120 000 bo'lib, bu natija, FIDE Jahon kubogidagi g'alaba evaziga qo'lga kiritilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing