So’nggi yangiliklar

17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 16:17"Ризеспор" матбуот хизмати Ҳусниддин Алиқулов ҳолати бўйича расмий маълумот берди 0 15:46Шара Буллет собиқ UFC чемпионига қарши жанг қилади 0 15:15Жаҳон чемпионати старт олмоқда, бугун икки боксчимиз рингга чиқади 0 14:44Фьюрининг менежери: "Саудия Арабистони энди бундай катта маблағ сарфламайди" 0 14:13Апелляция муваффақиятсиз чиққан тақдирда "Сити" 7-10 йилга Еврокубоклардан четлатилиши мумкин 0 13:42Классик шахматда катта ўзгариш: партиялар вақти қисқариши мумкин! 0 13:11Рико Верховен Деонтей Уайлдерга қарши жанг қилишга розилик берди 0 12:40Дана Уайт Перейранинг UFC шарҳловчиларига таъсир ўтказиши ҳақидаги гапларини рад этди 0 12:09Муҳаммад Салоҳ Еврокубокларда ҳали ҳеч ким қилган натижага эришди 0 11:38Фарид Башарат: "Кутдим, аммо бу содир бўлмади" 0 11:07Собиқ Bellator чемпиони вазн қилиш учун сочини кесди + ФОТО 0 10:36UFC 333 турнири ҳарбий ҳаракатлар сабаб БААдан кўчирилиши мумкинми? Дана Уайт жавоб берди 0

30 iyu 15:32
Yangiliklar

Suv sporti turlari

23 karra Olimpiada chempioni yoki bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan afsonaviy Maykl Felps haqida

Teglar :  SuzishMaykl Felps
Bugun amerikalik afsona, Olimpiya o'yinlarining 23 karra chempioni, 28 karra sovrindor Maykl Felpsning tug'ilgan kuni.

SHu munosabat bilan Felps haqidagi maqolani bugun qayta chop etishga qaror qildik. 

Maykl Felps 1985 yilning 30 iyunida AQSHda tug'ilgan.

Yozgi yoki Qishki Olimpiya o'yinlarining g'oliblari – Olimpiya chempionlari o'zgarmaydigan unvonga egalar, yani sobiq Olimpiya chempionlari bo'lmaydi.

Olimpiya o'yinlarida ham shaxsiy, ham jamoaviy musobaqalar g'oliblari olimpiya chempionlari unvoniga ega bo'ladi. Bunda bitta Olimpiya o'yinida jamoaviy sport turlari va ixtisoslashishga ko'ra ayrim shaxsiy musobaqalarda faqat bir marta Olimpiya chempioni bo'lish mumkin bo'lsa, boshqa shaxsiy musobaqalarda sportchilar besh marta va undan ham ko'proq Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo'la olishadi.

Olimpiya o'yinlarida eng ko'p oltin medalga ega sportchi – amerikalik suzuvchi Maykl Felpsdir. U 23 karra Olimpiya chempionidir (13 marta – shaxsiy musobaqalarda va 10 marta – estafetalarda). Paavo Nurmi, Larisa Latinina, Mark Spitc, Karl Lyuis to'qqiz martadan Olimpiya chempionlari bo'lganlar.

Maykl Felps, shuningdek 50 metrli suzish havzasida 26 karra jahon chempioni va ko'p marta jahon rekordchisidir. SHuning uchun uni “Baltimor o'qi” yoki “Uchuvchi baliq” deb nomlashadi. Unga, ayniqsa erkin va batterflyay usulda suzish, shuningdek kompleks suzishda teng keladiganlar topilmagan.


Maykl Felps AQSHning Baltimor shahri shimolidagi Tousonda tug'ilgan. Suzish bilan 7 yoshdan boshlab shug'ullangan, 10 yoshligida o'zining yosh guruhida AQSHning milliy rekordini o'rnatgan. Maykl Felps trener Bob Bouman rahbarligida mashq qilgan. 15 yoshligida 2000 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, keyingi 68 yilda Olimpiadalarda AQSH terma jamoasi safida ishtirok etgan birinchi eng yosh sportchi bo'lgan. O'sha Olimpiadada u 200 metrga batterflyay ususlida suzishda final musobaqalarida beshinchi o'rinni egallagan.

2001 yil 30 martda suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionatida Maykl Felps 200 metrga batterflyay usulida suzishda jahon rekordini o'rnatgan. SHu tarzda u 15 yoshu 9 oyligida suzish bo'yicha jahon rekordi o'rnatgan birinchi sportchi bo'lgan.

2004 yilda Afinada bo'lib o'tgan Olimpiadada 19 yoshli Felps sakkizta medal sohibi bo'lgan, ularning oltitasi oltin va ikkitasi bronza medali edi. SHu bilan birga uchta Olimpiya o'yinlari va bitta jahon rekordlarini o'rnatgan. Bundan tashqari sportchining bitta Olimpiadada qozongan sakkizta medali mashhur gimnastikachi Aleksandr Dityatin tomonidan 1980 yilda Moskva Olimpiadasida o'rnatilgan rekordning takrorlanishi bo'lgan.

Maykl Felps 2008 yilda Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida o'zi qatnashgan barcha sakkizta musobaqada g'olib chiqqan. Bu bilan u Mark Spitcning Myunxendagi 1972 yilgi rekordini (bir Olimpiadada etti oltin medal) yangilagan. Natijada u 14 karra Olimpiya o'yinlari chempioni bo'lgan. Bu bilan u fin engil atletikachisi Paavo Nurmi, amerikalik engil atletikachi Karl Lyuis va o'z sport turi bo'yicha vatandoshi Mark Spitcni orqada qoldirib, zamonaviy Olimpiya o'yinlarining eng ko'p marta chempioniga aylangan.

2012 yilda Londonda o'tkazilgan Yozgi Olimpiadada Maykl Felps qozongan barcha olimpiya medallarining soni bo'yicha (22 ta) Olimpiya o'yinlari barcha sport turlari bo'yicha 48 yil davomida o'zgarmay turgan mashhur gimnastikachi Larisa Latininaning rekordidan (18 ta olimpiya medali) o'zib ketgan.

Rio-de-Janerodagi 2016 yilgi Yozgi Olimpiadada esa Felps yana beshta oltin medal sohibi bo'lgan. U 200 metrga kompleks suzish bo'yicha musobaqada g'olib chiqib, birinchi marta bir sport turida bir masofaga suzishda to'rtta Olimpiada chempioniga aylangan.

2004 yilda Maykl Felpsning tug'ilgan shahri – Baltimordagi ko'chalardan biriga uning nomi berilgan.

Materialimizni rekordchi sportchidan iqtibos keltirilgan holda yakunlamoqchimiz: "Rekordlar ularni yangilash uchun mavjuddir".

Sizningcha jahon sporti olamida uning rekordini takrorlaydigan sportchi topilarmikin?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing