13 noy 08:23
Yangiliklar
Futbol

"Milan" Maldini bilan shartnomani uzaytiradi
"Milan" klubi rahbariyati Deniel Maldini (afsonaviy Paolo Maldinining farzandi) bilan hamkorlikni davom ettiradi.
"Rossonerilar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Deniel bilan imzolangan yangi mehnat bitimi 2024 yilning iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Kichkina Maldini haqida gapiradigan bo'lsak, u o'tgan mavsum "Milan"ning yoshlar jamoasi tarkibida 26 uchrashuvda maydonga tushib 10 golga mualliflik qildi. 18 yoshli Deniel Maldini hujumkor yarim himoyachi poziciyasida o'ynaydi. Uning hisobida Italiya U-19 terma jamoasi tarkibida o'tkazilgan ikkita o'yin ham bor.
Havola :
Fikrlar