03 may 23:24
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimizdan Dushanbe “Katta dubulg'a” turnirida yana ikki medal!
Tojikiston poytaxtida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” musobaqasining ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi yana ikki medalga sazovor bo'ldi.
O'rta vazn toifasidagi bellashuvlarda yigitlarimiz o'z nomlarini sovrindorlar qatoriga yozdirib qo'yishdi.
-73 kg vazn toifasidagi bahslarda Hojiakbar Toshev, -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda esa Murodjon Yo'ldoshev bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Kecha vakillarimiz musobaqaning ilk kunida bitta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo'lishgandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
15:18
Dzyudo. O'zbekiston aralash jamoaviy bahslarida Osiyo chempionati kumush medaliga ega chiqdi 0
Fikrlar