04 may 08:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning jangi asosiy kardga kiritildi
17 may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 106 turniri o'tkaziladi.
Musobaqaning markaziy jangida braziliyalik Gilbert Byorns hamda Ekvador vakili Maykl Morales bahs olib boradi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tariladi. Unga amerikalik Dastin Stolcfus raqiblik qiladi.
O'rta vazn toifasida o'tkaziladigan bellashuv insayder Marsel Dorffning xabar berishicha, prelim karddan asosiy kardga ko'chirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar