05 okt 19:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore Ramazon Temirovni maqtab, unga raqib taklif qildi
UFC yulduzi Dastin Pore hamyurtimiz Ramazon Temirov haqida fikr bildirib, uning Brendon Royval bilan jangini ko'rishni istayotganini aytdi.
"Temirov bu vazn toifasida juda katta kuchga ega. Men uning Brendon Royval bilan jang qilishini xohlardim. Menga bu juftlik juda yoqyapti. O'ta engil vazn (57 kg) vazn toifasidagi jangchilar odatda unchalik sekinlashmaydi. Lekin UFC uning chidamliligini ko'rish uchun Temirovni kechaning asosiy jangiga qo'yishi kerak. CHunki chempion bo'lish uchun besh raundlik sinovdan o'tish kerak", deydi Pore.
SHu tariqa, Dastin Pore Temirovning kuchini alohida qayd etib, uning keyingi bosqichdagi imkoniyatlarini uzoq davom etadigan jang orqali baholash mumkinligini bildirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar