27 jan 10:25
Yangiliklar
Tennis

35 yoshli Federer 43 yillik rekordni yangiladi
SHveycariyalik mashhur tennischi Rojer Federer bundan 43 yil avval o'rnatilgan o'ziga xos bir rekordni yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Kecha Rojer Australian Open turnirining yarim finalida hamyurti Sten Vavrinkani besh set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Bu bilan u “Katta Dubulg'a” turnirlarining finalida o'ynaydigan eng yoshi katta tennischiga aylandi.
Bundan avvalgi rekord 1974-yilda o'rnatilgan edi. o'shanda avstraliyalik Ken Rozuoll o'zining 39 yoshida US Open turnirining finalida o'ynagan edi. O'shandan beri “Katta Dubulg'a” turkumidagi turnirlarning 12 karra g'olibi bo'lgan Rozuollning rekordi o'zgarmay kelayotgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar