26 mar 09:57
Yangiliklar
Tennis

37 yoshli Vinus Uilyams Mayami turniri 1/8 finaliga chiqdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Amerikalik 37 yoshli Vinus Uilyams turnirning uchinchi davrasida gollandiyalik Kiki Bertens ustidan qiyin g'alabaga erishdi. Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan uchrashuvning birinchi setini 5:7 hisobida boy bergan Vinus keyingi setlarni o'z foydasiga hal qildi - 6:3, 7:5.
Endi Vinus Uilyams Mayami Ochiq chempionatining nimchorak final bahsida britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar