29 mar 08:33
Yangiliklar
Tennis

37 yoshli Vinus Uilyams Mayamidagi ishtirokini yakunladi
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lgan amerikalik 37 yoshli Uilyams turnirning chorak finalida hamyurti WTA reytingida 93-o'rinni egallab turgan Daniel Kollinzga 2:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Uchrashuv 1 soatu 27 daqiqa davom etdi. Endi Kollinz turnirning yarim finalida latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar