21 okt 07:58
Yangiliklar
49 yoshli Oksana CHusovitina - "Meni 2028 yilgi Olimpiadada ko'rasizlar degan umiddaman"
U bunga qadar 8 ta Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.
Avvalroq, hamyurtimiz Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkazilgan "Evgeniy Podgorniy xotira turniri"da g'olib chiqqan edi.
"Bu jarohatdan keyingi ilk musobaqam edi, g'olib bo'lganimdan xursandman. Umid qilamanki, siz meni keyingi Olimpiya o'yinlarida ko'rasiz. Dastlabki maqsadim – 2026 yilda bo'ladigan Osiyo o'yinlarida qatnashish. Albatta, Olimpiadada o'zimni sinab ko'rmoqchiman, ammo hammasi holatimga bog'liq bo'ladi. Agar o'zimni yaxshi his qilsam, Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritishga umid qilaman. Oldinda hali uch yil bor, shuning uchun aytishga hali erta", dedi CHusovitina.
Malumot o'rnida, Los-Anjelesdagi yozgi o'yinlar 2028 yilning 14-30 iyul kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa boshlanganida CHusovitina 53 yoshga to'ladi.
Fikrlar