03 sen 07:11
Yangiliklar
Futbol

83 yoshli "Milan" sobiq egasi Berluskoni koronavirusga chalindi
Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni koronavirus bilan kasallangani malum bo'ldi.
U hozir uyda izolyaciyada va masofadan turib ishlamoqda. 83 yoshli tadbirkorda virus simptomlarsiz kechmoqda. Berluskoni yaqinda Sardiniyaga tashrif buyurganidan so'ng, test topshirishga qaror qildi, u erda avgust oyida koronavirus bilan kasallangan bemorlar sezilarli darajada ortgandi.
Silvio Berluskoni 1986 yildan 2017 yilgacha Milanning egasi bo'lgan. SHundan so'ng, u "Monca"ni sotib oldi, ushbu klub o'tgan mavsum natijalariga ko'ra, Italiyaning ikkinchi divizioniga yo'l oldi.
Havola :
Fikrlar