23 noy 07:01
Yangiliklar

A Seriya. "Napoli" ham "Milan"ni to'xtatib qololmadi. Zlatan yana katta sahnada + VIDEO
Ushbu o'yinda "Milan" klubi "Napoli" mehmoni bo'ldi. Pioli koronavirusga chalingani bois o'yinga "qizil-qoralar"ni yordamchi murabbiy Daniele Bonera boshlab tushdi. Uchrashuvda 39 yoshli Zlatan Ibragimovichning dubli va Yens Petter Xaugening goli "rossonerilar"ga 3 ochko olib berdi.
Neapolliklarning yagona javob goliga Dris Mertens mualliflik qildi. SHu tariqa ochkolari sonini 20 taga etkazib olgan milanliklar musobaqa jadvalida karvonboshilik qilishda davom etishmoqda→ TURNIR JADVALI
Darvoqe, Zlatan Ibragimovich 79-daqiqada maydonni jarohat bilan tark etdi.
Napoli – Milan 1:3 (0:1)
«San-Paolo» stadioni
Gollar: 0:1 – 20 Ibragimovich, 0:2 – 54 Ibragimovich, 1:2 – 63 Mertens, 1:3 – 90 Xeuge.
Napoli – Meret, Manolas, Di Lorenco, Mariu Ruy, Kulibali, Politano (Petanya, 69), Fabian Ruis (Elmaz, 90), Insine, Bakayoko, Losano (Zelinski, 56), Mertens.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Ker, Teo, Kalabriya, CHalxanoglu (Krunich, 87), Bennaser, Kessie, Salemakers (Kastilexo, 73), Rebich (Xeuge, 73), Ibragimovich (Kolombo, 79).
Ogohlantirishlar: Bakayoko (16), Kalabriya (47), Rebich (59), Kessie (76), Mariu Ruy (81), Kastilexo (85).
CHetlatish: Bakayoko (65).
TAS-IX
Fikrlar