18 mar 15:25
Yangiliklar
Futbol
A Seriyadagi yana bir futbolchi koronavirusga chalindi
"Verona" yarim himoyachisi Mattia Zakkanining koronavirus uchun topshirgan testlari ijobiy chiqdi.
24 yoshli xavbek "Verona" tarkibida koronavirusga chalingan ilk o'yinchiga aylandi.
Qayd etish kerakki, "Verona" klubi 25 martga qadar karantinga olingan. Zakkani joriy mavsum "Verona" tarkibida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.

Havola :
Fikrlar