15 fev 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalokov Ispaniyada jang qiladi, raqib aniq!
27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahridagi Centro Deportivo San Pablo majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Unda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi, yarimengil vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Abdumalik Xalokov ham ringga ko'tariladi. Bu haqda boxrec nashri xabar bermoqda.
Xalokov o'sha kuni Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib boradi. Jang 6 raund etib belgilangan.
Bu 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. Akunya esa hozirga qadar 25 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba, 11 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar