24 avg 07:30
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova AQSH Ochiq chempionati saralashida mag'lub bo'ldi
Nyu-York shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining saralash musobaqasiga start berildi.
Yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi saralash bahslarida hamyurtlarimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti.
Afsuski, Abduraimova saralashning ilk davradasidayoq amerikalik 22 yoshli tennischi Jessika Pegulaga 1:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Taqqoslash uchun, Nigina dunyo reytingida 172, Pegula esa 139-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar