27 fev 17:09
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova asosiy davrada ham g'alabaga erishdi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Har ikki tennischimiz o'z ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashdi. Omonmurodova mag'lubiyat alamini totib ko'rgan bo'lsa, Abduraimova ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'l oldi.
Bundan bir necha daqiqa avval Nigina asosiy to'rning ilk davra bahsini o'tkazdi. U ruminiyalik Andrea Amaliya Roskaga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Endi Abduraimova ikkinchi davrada rossiyaliklar - Olga Doroshina va Sofiya Lansere bahsi g'olibasi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar