14 sen 07:50
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Batumi turniri juftligida yarim finalga chiqdi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Gruziyaning Batumi shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Nigina turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Anastasiya Frolova bilan birga to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan.
Ular chorak finalda
rossiyalik tennischilar - Aleksandra Kuznecova hamda Alyona Tarasova hamkorligini
6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Nigina va Anastasiya final chiptasi uchun gruziyalik
tennischilar Mikadze va SHapatavaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar