11 sen 08:15
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Batumidagi turnirda, ilk raqiba ancha jiddiy
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etadi.
Batumi shahri mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Niginani ilk davrada jiddiy sinov kutib turibdi.
Qura natijasiga
ko'ra, Abduraimova birinchi bosqichda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Polina
Monovaga qarshi kortga chiqadi. Nigina musobaqaning juftliklar bahsida ishtirok
etmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar