31 avg 11:40
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/3663_220.jpg)
Abduraimova Guyyandagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Etiborlisi, Nigina birinchi, Sabina ikkinchi raqam ostida tasniflangan. Kecha SHaripova ilk davrada mezbon raketka ustasi Xao CHen Tangni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bugun Abduraimova ham ilk uchrashuvida zafar quchdi. Xitoylik Ziyu Sanga qarshi kortga chiqqan Nigina 1 soatu 56 daqiqa davom etgan uchrashuvda 2:6, 7:5, 6:3 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar