14 sen 15:40
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Juxaydagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Juxay shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini boshladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Vakilamiz bugun ilk davrada tailandlik Kamonvan Buayamga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibasini 6:0, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Nigina juftliklar bahsida ishtirok etmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar