16 okt 16:25
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova “Kreml Kubogi” saralashida mag'lub bo'ldi
Istedodli tennischimiz Nigina Abduraimova Rossiya poytaxti Moskva shahrida start olgan “Kreml Kubogi” turnirining saralash bahslarida mag'lub bo'ldi.
Hamyurtimiz saralash bahslarining ilk davrasida Lesya Curenkoga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ukrainalik bu tennischi saralashning birinchi raqamli tennischisi sifatida qayd etilgandi.
Uch set davom etgan uchrashuvning ilk seti Niginaning 6:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Lekin Abduraimova keyingi ikki setda raqibasiga bir xil 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar