12 iyu 11:28
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Kyujingdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Xitoyning Kyujing shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming dollardan iborat bo'lgan Ay-Ti-Ef toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu
musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning
birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan.
Hozirgina
yakuniga etgan ilk davra uchrashuvida vakilamiz tailandlik Nicha Lertpitaksinchayni
mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nigina raqibasini
7:5, 6:4 hisobida taslim etdi. Endi tennischimiz ikkinchi davrada xitoylik Di Jaoga
qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi vatandoshi Yuki SHengni 7:6(5), 6:1 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar