26 apr 11:20
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Qarshidagi turnirda 1/4 finalga chiqdi
Qarshi shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida bugun ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti.
Quvonarlisi, turnirning birinchi raqamli tennischisi
sifatida qayd etilgan Nigina Abduraimova bu bosqichda g'alabaga erishib, chorak
finalga yo'l oldi.
Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan bahsda rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqdi. Bir daqiqasi kam 2 soat davom etgan uchrashuvda Nigina raqibasini 6:3, 3:6, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Eslatib o'tamiz, kecha Abduraimova 2 soatu 49 daqiqa davom etgan birinchi davra uchrashuvida ruminiyalik Mixaela Buzarneskuni 7:6, 6:7, 6:3 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar