01 dek 10:48
Yangiliklar
Tennis
Abduraimova Tailand turniri bosh sovrini uchun kortga chiqdi
Bir hafta davomida Tailandning Nontaburi shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi turnir yakunlandi.
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Fyuchers” musobaqasida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etdi. Turnirning oltinchi raketkasi sifatida saralangan Nigina finalgacha etib keldi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan hal qiluvchi final uchrashuvida u mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Abduraimova 2 soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda yaponiyalik Ximeno Sakacumega 6:7(3), 7:5, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Nigina ikkinchi setni 2:5 hisobida boy berayotgan bir pallada kambekni amalga oshira olgandi. Ammo, uchinchi setni u kurashsiz boy berdi.
Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 560, 18 yoshli Ximeno esa 727-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar