16 noy 11:29
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/5822_220.jpg)
Abduraimova Tokio turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Hozirgina hamyurtimiz ilk davrada o'zining ilk uchrashuvini o'tkazdi.
Dunyo reytingida 168-o'rinni egallab turgan Nigina WTA reytingida 242-pog'onadan joy olgan yaponiyalik tennischi Akiko Omaega qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvda Abduraimova mezbonlar vakilasini 7:5, 5:7, tay-brekda 7:6(2) hisobida taslim etdi. Niginaning ikkinchi davradagi raqibasi vengriyalik Dalma Galfi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar