08 noy 19:05
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Tokioda o'zidan ancha kuchli raqibni mag'lub etdi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Bugun hamyurtimiz ilk davrada o'zidan reytingda ancha yuqorida turgan raqibni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Dunyo reytingida 181-o'rinni egallab turgan Nigina WTA reytingida 95-pog'onadan joy olgan Xitoy Taypeyi vakilasi Se SHu Veyni 6:2, 2:6, 6:4 hisobida taslim etdi. Vey turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar