10 noy 14:25
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Tokiodagi turnir yakkaligida mag'lubiyatga uchradi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Bugun hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Xorvatiyalik Yana Fettga qarshi kortga chiqqan Abduraimova kutilmaganda raqibasiga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib, yakkalikdagi ishtirokini yakunladi. Fett dunyo reytingida 196-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, dunyo reytingida 181-o'rinni egallab turgan Nigina ilk davrada WTA reytingida 95-pog'onadan joy olgan Xitoy Taypeyi vakilasi Se SHu Veyni 6:2, 2:6, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar