26 iyu 16:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1877_220.jpg)
Abduraimova Vuxandagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Vuxan shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan ilk davra uchrashuvida xitoylik Ziyue Sanni mag'lub etdi. Bir soatu 3 daqiqa davom etgan bahsda Nigina raqibasidan 6:2, 6:4 hisobida ustun keldi.
Abduraimovaning ikkinchi davradagi raqibasi ham xitoylik tennischi Ksinyun Xan bo'ladi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Xan bugun ilk bosqichda hamyurti SHanshan Guoni 6:0, 7:5 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar