06 iyu 18:25
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Yuksidagi turnirda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyning Yuksi shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga yo'llanma oldi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu turnirning ikkinchi raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan. Roppa-rosa bir soat davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida Nigina xitoylik raqibasi Tingting Peyni 6:2, 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Abduraimova birinchi bosqichda yana bir CHin yurti vakilasi Yiksuan Lidan 6:3, 7:6(8) hisobida ustun kelgan edi.
Etiborlisi, hamyurtimizning uchinchi raqibi ham xitoylik tennischi bo'ladi. Nigina ertaga o'tkaziladigan chorak final bahsida Janlan Veyga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar