30 iyu 10:15
Yangiliklar
Tennis

Abduraimovaning Vashingtondagi uchrashuvi vaqti o'zgardi
Istedodli tennischimiz Nigina Abduraimovaning Vashingtondagi WTA tasnifidagi turnirda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
AQSH poytaxtida start olgan ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 250 000 dollarni tashkil qiladi. Nigina bahslarga saralash bosqichidan qo'shiladi va unda ettinchi raqam ostida harakat qiladi.
Abduraimova ilk davrada
xitoylik Czya Czin Luga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv kecha Toshkent vaqti
bilan soat 21:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgandi.
Lekin keyinchalik bahs
vaqtiga o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, Abduraimova - Lu uchrashuvi bugun
soat 20:30da boshlanadi. Agar Nigina Czya Czin to'sig'idan o'tib olsa, final
raundida AQSH vakilasi Luiza CHiriko hamda avstraliyalik Oliviya Rogovska uchrashuvi
g'olibasi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar