So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

02 iyu 15:04
Yangiliklar

Sport kurashlari

Abror Atabaev oltin, qolgan to'rt kurashchimiz bronza uchun gilamga chiqadi

Bugun Qozog'istonning Olma-Ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha reyting turniri boshlandi.

Bugungi dastur doirasida yunon-rum kurashi bo'yicha beshta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Ravshan Ro'ziqulov bosh murabbiyligidagi yunon-rum kurashchilarimizdan besh nafari kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan bo'ldi. 

67 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abror Atabaev 1/4 finalda qozog'istonlik Sultan Assetulini 9-0, 1/2 finalda esa eronlik taniqli polvon, amadagi jahon chempioni Meysam Dalxanidan so'nggi soniyalardagi ball evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Abrorning oltin medal uchun bahsdagi raqibi gruziyalik Joni Xetsuriani bo'ladi. 

60 kg vazn toifasida bir yo'la ikki nafar kurashchimiz Ilhom Bahromov va Muhammadqodir Yusupov ishtirok etyapti. Qizig'i, ular kechki dasturda o'zaro uchrashuvda bronza medali taqdirini hal qilishdi. 

SHuningdek, Jalgasbay Berdimuratov, Rustam Assakalov va yarim finalda hakamlar qarori qurboniga aylangan Jasurbek Ortiqboev ham bronza medali uchun kechaligan bellashuvda gilamga chiqadi.    

Medal uchun gilamga chiqadigan kurashchilarimiz:

Oltin medal uchun

67 kg: Abror Atabaev - Joni Xetsuriani 

Bronza medal uchun 

55 kg: Jasurbek Ortiqboev - Giorgi Toxadze (Gruziya)

60 kg: Ilhom Bahromov - Muhammadqodir Yusupov 

87 kg: Jalgasbay Berdimuratov - Nursultan Tursinov (Qozog'iston)  

97 kg: Rustam Assakalov - Umalt Daudov (Qozog'iston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing