31 dek 08:20
Yangiliklar
Tennis

Abu-Dabi (ATP). Marreyning kutilmagan mag'lubiyati, Nadal finalda
BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ko'rgazmali turnirda finalchilar malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda yarim final uchrashuvlari o'tkazildi.
Kutilmaganda sayyoramizning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey belgiyalik David Goffenga 6:7(4), 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikkinchi yarim final juftligida ispaniyalik Rafael Nadal kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nadal 6:1, 3:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
1/2 FINAL
Endi Marrey (Velikobritaniya) – David Goffen (Belgiya) – 6:7 (4), 4:6
Rafael Nadal (Ispaniya) – Milosh Raonich (Kanada) – 6:1, 3:6, 6:3
5-O'RIN UCHUN BAHS
Jo-Vilfrid Tsonga (Franciya) – Tomash Berdix (CHexiya) – 6:7 (5), 6:3, 10:3
Havola :
Fikrlar