29 dek 09:49
Yangiliklar
Tennis
Abu-Dabi. Novak Jokovich finalda o'ynaydi
BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir bo'lib o'tmoqda.
Birinchi yarim final uchrashuvida ispaniyalik Rafael Nadalning mag'lubiyatga uchragani haqida xabar bergan edik. Ikkinchi yarim final bahsida serbiyalik Novak Jokovich deyarli oson g'alabaga erishdi.
Dunyoning birinchi raketkasi rossiyalik Karen Xachanovni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi 31 yoshli Jokovich hal qiluvchi final uchrashuvida JAR vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar