12 jan 14:02
Yangiliklar
Tennis
Adelaida turniri juftligida g'oliblar malum
Avstraliyaning Adelaida shahrida o'tkazilayotgan WTA turnirining juftlik bahslarida g'olibalar nomi malum bo'ldi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida braziliyalik Beatris Xaddad Mayya va amerikalik Teylor Taunsend tandemi franciyaliklar Karolin Garsiya hamda Kristina Mladenovich juftligini 7/5, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 27 daqiqalik uchrashuvda Xaddad Mayya/Taunsend hamkorligi 1 ta eys, 1 ta qo'shxato va 3 ta breyk qayd etgan. Bu Xaddad Mayyaga juftlikdagi ettinchi, Taunsend uchun esa beshinchi sovrin bo'ldi. Ikkinchi g'olib tennischi 500 reyting ochkosi va 47,390 dollar mukofot puliga ega chiqishdi. Garsiya va Mladenovich esa 325 ochko hamda 28,720 dollarlik bo'lishdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar