08 jan 11:58
Yangiliklar
Tennis
Adelaide International. Eshli Barti Sofiya Keninni musobaqadan chiqarib yubordi
Avstraliyaning Adelaida shahrida mavsumning ilk turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi, avstraliyalik tennischi Eshli Barti Adelaide International musobaqasining chorak finalida jahon reytingida 12-o'rinni egallab turgan amerikalik Sofiya Keninni turnirdan chiqarib yubordi.
1 soatu 9 daqiqa davom etgan uchrashuvda Eshli Sofiyani 6/3, 6/4. hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlari hisobi 4:2, avstraliyalik tennischi foydasiga.
Adelaidadagi turnirning yarim finalida Barti belaruslik Viktoriya Azarenka yoki polshalik Iga Svyontek bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar