07 apr 09:11
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning to'rtinchi raketkasi kambek evaziga bosh sovrinni vatanida olib qoldi
AQSHning CHarlston shahrida o'tkazilgan WTA 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir Jessika Pegulaning g'alabasi bilan yakunlandi.
Amerikalik tennis malikasi hal qiluvchi final bahsida reytingning 44-pog'onasida borayotgan vatandoshi Sofiya Keninni ajoyib kambek evaziga taslim etdi - 6/3, 7/5. Jessika ikkinchi setda 1/5 hisobida yutqazayotgan edi.
Sakson olti daqiqa davom etgan uchrashuvda Pegula 3, Kenin 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Sofiyada uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik esa 7 ga 4 ko'rinishida chempion tomonida bo'ldi.
Havola :
Manba : wta.com
Fikrlar