22 fev 15:43
Yangiliklar
Jessika Pegula Dubaydagi WTA 1000 turniri chempioni bo'ldi
Amerikalik tennischi final uchrashuvida WTA reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan ukrainalik Elina Svitolinani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4. Pegula tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinda bormoqda - 6:3.
Etmish uch daqiqa davom etgan final bahsida Pegula 3, Svitolina 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Elinada ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik esa tabiiyki, g'oliba tomonida bo'ldi - 4 ga 1.
Dubay shahridagi bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok Jessika Pegulaga 1000 reyting ochkosi hamda 665 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Svitolina esa 385 000 dollar hamda 650 ochko reyting ochkosi ishlab oldi.

Fikrlar