07 avg 11:47
Yangiliklar
Tennis
Canadian Open. Kamilla Rahimova dunyoning uchinchi raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 7 mln 433 ming 76 AQSH dollarini tashkil etgan nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Vakilamiz birinchi davrada amerikalik taniqli tennischi Vinus Uilyamsni 6/4, 6/1, 1/32 finalda dunyoning 37-raketkasi, chexiyalik Katerina Sinyakovani 6/7(1), 6/0, 5/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Rahimovaning yurishini dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Jessika Pegula to'xtatib qoldi. Etmish daqiqa davom etgan bahsda Pegula 6/4, 6/0 hisobida zafar quchib, 1/8 finalga yo'l oldi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar