09 apr 14:17
Yangiliklar
SHaxmat

Afruza chempionlik bilan birga Jahon kubogiga yo'llanma qo'lga kiritdi
Qozog'istonning Almati shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha Osiyo chempionatining 3.4-hududiy bosqichi o'z yakuniga etib bormoqda.
Quvonarlisi, ayni daqiqalarda o'tkazilayotgan so'nggi 9-tur uchrashuvida hamyurtimiz Afruza Hamdamova o'zi uchun etarli bo'lgan durang natijani qayd eta oldi. U eng yaqin taqibchisi, qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmet bilan murosaga keldi va 7,5 ochko to'plagan holda musobaqa g'olibasiga aylandi.
SHu tariqa, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni bo'lgan Afruza Hamdamova shu yilning 5-29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo'lib o'tadigan FIDE Jahon Kubogi musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz Qozog'iston turnirining 9 turida 6 g'alaba va 3 durang qayd etdi. Bu bilan u o'z reytingini 17,6 ballga yaxshilab oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar