20 apr 13:19
Yangiliklar
SHaxmat
Afruza Hamdamova - Jahon chempioni!
Serbiyaning Vrnjacka Banja shahrida 8-18 yosh toifasidagi shaxmatchilar o'rtasida rapid va blic yo'nalishi bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Quvonarlisi, rapid bahslarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova 18 yoshgacha qizlar o'rtasida 8,5 ochko jamg'arib, Jahon chempioniga aylandi.
SHuningdek, 12 yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida Islombek Xusanov bronza medalini qo'lga kiritdi. Xusnoraxon Husnitdinova esa blic masalalar echish bo'yicha Jahon chempionatida kumush medal sohibasi bo'ldi.
Bugun jahon chempionatida blic bahslari g'oliblari aniqlanadi.




O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar