So’nggi yangiliklar

17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0

02 jan 18:31
Yangiliklar

SHaxmat

Afruza FIDE reytingida 14-o'rinda, Umida esa 51 pog'ona pastladi

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) 2024 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra shaxmatchilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Jumladan, 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchi qizlar reytingi ham yangilandi. Yanvar oyi uchun mo'ljallangan Top-100 reytingidan o'tgan oyda bo'lgani singari 2 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar joy olishdi. Faqat farqi shundaki, ular dekabr oyi reytingida Top-30`talikka kirishgandi. 

Afruza Hamdamova (2327) o'tgan oy bilan taqqoslaganda, bir pog'ona yuqorilab, 14-o'rinni egallab turibdi. 14 yoshli shaxmatchi qizimiz dekabr oyida Italiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon birinchiligida mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempioni degan unvonga sazovor bo'lgandi. 

Yana bir istedodli shaxmatchimiz Umida Omonova (2124) esa 79-pog'onaga tushib ketdi. U o'tgan oyda 2257 punkt ball bilan reytingning 28-pog'onasidan joy olgan edi. 

Yigirma yoshgacha bo'lgan shaxmatchi qizlar reytingida Bibisara Assaubaeva (Qozog'iston, 2472) peshqadamlikni saqlab qoldi. Hindistonlik Sarayu Velpula (2444) ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, rossiyalik Leya Garifullina (2422) uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. U o'tgan oy reytingida 4-o'rinda qayd etilgandi. 


FIDE 20 yoshgacha shaxmatchi qizlar reytingi (Top-10):

1. Bibisara Assaubaeva (Qozog'iston, 2472)

2. Sarayu Velpula (Hindiston, 2444)

3. Leya Garifullina (FIDE, 2422)

4. Diviya Deshmuh (Hindiston, 2420)

5. Yuksin Song (Xitoy, 2405)

6. Meruert Kamalidenova (Qozog'iston, 2381)

7. Elin Roybers (Niderlandiya, 2381)

8. Alise Li (AQSH, 2379)

9. SHri Savitha (Hindiston, 2363)

10. Yi Ning CHen (Xitoy, 2363)


O'zbek shaxmatchilarining reytingdagi o'rni:

14. Afruza Hamdamova (2327)

79. Umida Omonova (2124)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing