06 mar 14:45
Yangiliklar
SHaxmat
Afruza Hamdamova “Aeroflot Open 2026” g'olibasi!
27 fevral – 5 mart kunlari Rossiyaning Moskva shahrida shaxmat bo'yicha "Aeroflot Open 2026" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada 18 ta davlatdan 194 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Ular orasida O'zbekiston sharafini 2 nafar shaxmatchi himoya qildi.
Hamyurtimiz, xalqaro sport ustasi Muhammadzohid Suyarov 6,5 ochko jamg'arib, musobaqani 7-o'rinda yakunladi. U xalqaro reytingini 33,9 punktga oshirib, 12 700 AQSH dollari miqdorida pul mukofotiga sazovor bo'ldi.
Ahamiyatlisi, ayollar xalqaro grossmeysteri Afruza Hamdamova 5 ochko jamg'arib, ayollar o'rtasidagi bahslarda 1-o'rinni qo'lga kiritdi. U reytingini 7,7 punktga oshirib, 1 900 AQSH dollari mukofotiga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : t.me/Uzbchessfederation
Fikrlar