So’nggi yangiliklar

15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0

09 noy 09:18
Yangiliklar

SHaxmat

Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioni!

Teglar :  Afruza Hamdamova
Braziliyaning Santa-Katarina shtati Florianopolis shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha uchta yosh toifasidagi jahon chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Quvonarlisi, dunyo birinchiligining 16 yoshgacha bo'lgan qizlar musobaqasida Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempioniga aylandi. U endi ikki karra jahon chempioni. Hamyurtimiz 10-turda hindistonlik Mrittika Malikka qarshi qora donalarda o'ynaganiga qaramay, g'alaba qozondi. Afruza o'tgan yili Italiyada 14 yoshgacha shaxmatchilar o'rtasida ham jahon chempioni bo'lgan edi. 

Hamdamova 10 ta uchrashuvdan faqat bittasida durang o'ynab, qolgan barcha partiyalarda zafar quchdi. Afruzaning eng yaqin taqibchisi o'zidan ikki ochko kam jamg'argan. Bugun jahon chempionimiz so'nggi 11-turda oq donalarda qozog'istonlik Zarina Nurgalievaga qarshi bahs olib boradi. Hamdamovada 9,5 ochko bo'lsa, kuchli uchlikdan joy olgan germaniyalik CHaris Peglau va Zarina Nurgalieva hisobida 7,5 tadan ochko bor.   

Braziliyalidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha o'g'il bolalar musobaqasida qatnashayotgan Javohir Bozorov 10-turda qora donalarda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Aleksey Proxorovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. U 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 31-o'rinni egallab turibdi. Bu yosh toifasida qozog'istonlik Edgar Mamedov 8,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Afsuski, 14 yoshgacha qizlar musobaqasida ishtirok etayotgan Nilufarxon Imomqo'zieva ham 10-turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. SHaxmatchimiz qora donalarda Oksana Goryachkina (FIDE)ga yutqazdi va sovrindorlar safidan joy olish imkoniyatini keskin pasaytirib yubordi. Bugun u so'nggi 11-turda o'zi singari 7 ochkoga ega bo'lib turgan greciyalik Aleksandri Dimitraga qarshi bahs olib boradi. Bu yosh toifasida Diana Hafizova (FIDE) 9 ochko bilan muddatidan avval jahon chempioni bo'ldi. To'rt shaxmatchi 7,5 tadan ochko jamg'arib, kumush va bronza medallarga davogarlik qilyapti. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing