17 iyu 09:32
Yangiliklar
Tennis

Afsonaviy Federer “Uimbldon”da 2 ta rekord qayd etdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer kecha Buyuk Britaniyaning London shahrida yakuniga etgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirida sakkizinchi chempionlikni qo'lga kiritdi.
35 yoshli Federerning bu natijasi erkaklar o'rtasidagi turnir rekordining yangilanishiga erishdi. Bungacha rekord afsonaviy Pit Samprasga tegishli edi. Amerikalik tennischi faoliyatida 7 marotaba “Uimbldon”da chempion bo'lgandi.
Bu hali hammasi emas. Federer turnirning yana bir rekordini yangilashga erishdi. U 35 yoshida musobaqaning yakkalik bahslarida chempion bo'lgan professional tennischiga aylandi.
Bejizga professional so'zini ishlatmadik. Boisi, 1909 yilda britaniyalik Artur Gor chempionlikka erishgan paytida u 41 yoshu 182 kunlik edi. Lekin o'sha paytda bu turnir havaskorlar o'rtasida o'tkazilgan.
Havola :
Fikrlar