05 iyu 10:35
Yangiliklar
Boshqalar

Afsonaviy golfchi Tayger Vuds alkogoldan davolandi
Amerikalik afsonaviy golfchi bundan bir necha hafta avval spirtli ichimliklar va narkotik moddalar tasiriga tushib qolgani uchun xibsga olingandi.
“Meyjor” turkumiga kiruvchi turnirlarning 14 karra g'olibi bu illatlardan forig' bo'lish maqsadida shifoxonada davolanish kurslarini o'tadi.
“Yaqinda xususiy shifoxonada maxsus davolanish kurslarini o'tadim. Buning uchun shifokorlarga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, hammasi ortda qoldi va men endi yangi maqsadlar sari intilishni boshlayman”, - dedi Vuds.
Eslatib o'tamiz, Tayger Vuds may oyida uyi yaqinida, yani Florida shtati Jupiter shahrida o'z avtomobilida uxlab yotgan holatda topilgandi. Vudsning qon tahlili tekshirilganida og'riqni qoldiruvchi, tinchlantiruvchi hamda allergiyaga qarshi preparat qoldiqlari aniqlangandi.
Havola :
Manba : isport.ua
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar