22 avg 08:46
Yangiliklar
SHaxmat

Afsonaviy Kasparov va Anand o'rtasida supermatch o'tkaziladi
Oktyabr oyida yilning eng katta shaxmat voqeyliklaridan biri bo'lib o'tadi.
Unda afsonaviy sobiq jahon chempionlari Garri Kasparov va Vishvanatan Anand 64 katakli doska yonida yana to'qnash kelishadi. Bu ikki shaxmatchi o'rtasida 12 o'yindan iborat Chess960 (rapid+blic) ko'rgazmali match o'tkaziladi. Uchrashuv 7-11 oktyabr kunlari AQSHning Sent-Luis shahrida o'tkaziladi va 144 000 dollar mukofot jamg'armasiga ega bo'ladi.
Bundan tashqari, Magnus Karlsen, Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana va amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju ishtirokida 10+5 nazoratida, aylana tizimida musobaqa tashkil etiladi. Kunlik g'alaba bonuslaridan tashqari musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 412 000 dollarni tashkil qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar