So’nggi yangiliklar

09:05Йен Гэрри Махачев билан жанг ҳақида: "Менда ғурур ва қувонч ҳисси бор" 0 08:34ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда 3 очко олди, "Бетис"да иродали ғалаба, Дортмундда 5 та гол урилди 0 08:03Усикнинг жамоаси Тайсон Фьюрининг чақирувига жавоб қайтарди 0 07:32Синдаров битта турнирда икки бор 5 карра жаҳон чемпиони афсонавий Виши Анандни мағлуб этди! Жамоаси пешқадамга айланди! 0 07:01Алекс Перейра қайси жангни хоҳлаётганини айтди 0 19:27Месси ва Роналду тарихда илк бор бир жамоада ўйнайди! 0 19:02Исроил Мадримов илмий унвонга эга бўлди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 18:42Шавкат Раҳмонов Махачевни танқид қилди 0 18:16Наоя Иноуэ фаолиятини қачон якунлаши мумкинлигини айтди 0 17:45Усикнинг жамоаси Тайсон Фьюрининг чақирувига жавоб берди 0 17:13"Барселона" собиқ футболчиси бутсаларини михга илди 0 16:42UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоевнинг вазнидаги ҳолат қандай? 0 16:13"Энди Пётр Янни нокаут қилишим мумкин. Биринчи жангимизда жуда ёш эдим" - Сонг Ядонг 0 15:40Арман Царукян: "Махачев билан жангми? Аввал енгил вазнда камида беш марта чемпионликни ҳимоя қилмоқчиман" 0 15:12"Манчестер Сити" футболчиси энди Саудия Арабистони Про лигасида ўйнайди 0

09 sen 07:32
Yangiliklar

SHaxmat

Sindarov bitta turnirda ikki bor 5 karra jahon chempioni afsonaviy Vishi Anandni mag'lub etdi! Jamoasi peshqadamga aylandi!

Hindistonning Bangalor shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turniri bo'lib o'tmoqda.

Unda o'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib bormoqda. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi —  Icon taxtasida dona surmoqda.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining navbatdagi kuni ham jamoalar ikkitadan uchrashuv o'tkazishdi. Fyers American Gambits jamoasi dastlab Maksim Vashe-Lagrav boshchiligidagi CheQ Mumba Masters klubiga 6:11 hisobida imkoniyatni boy berdi. Javohirning o'zi birinchi doskada Maksim Vashe-Lagrav bilan durang o'ynadi. Sindarovning jamoadoshi Bibisara Assaubaeva ham hindistonlik Harika Dronavalli bilan murosaga keldi. 

Keyin esa Fyers American Gambits hindistonlik afsonaviy shaxmatchi, besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand boshchiligidagi PBG Alaskan Knights jamoasi 12:9 hisobida taslim etildi. Sindarov bir turnir doirasida ikki bor Vishi Anandni mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi davrada oq, kecha esa qora donalarda o'ynagan Javohir afsonani engdi. 

Bugungi tur uchrashuvlari oldidan Sindarov boshchiligidagi Fyers American Gambits 9 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamga aylanib oldi. Kecha Javohirning jamoasi 6 ochko bilan uchinchi o'rinda borayotgandi. Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasi 9 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan. SHuningdek, CheQ Mumba Masters va Ganges Grandmasters jamoalari ham 9 ochkodan jamg'argan. 

Bugun Fyers American Gambits 6 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turgan franciyalik taniqli grossmeyster Alireza Firuzdja boshchiligidagi Triveni Continental Kings jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi doskada aynan Sindarov - Firuzdja qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing