18 fev 09:12
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/106260_220.jpg)
Afsonaviy Kliysters qaytishini mag'lubiyat bilan "nishonladi"
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turnirining asosiy to'r bahslari start oldi.
Belgiyalik tennis afsonasi, 36 yoshli Kim Kliysters katta tennisga qaytdi. U Dubai Duty Free Championships musobaqasining ilk davrasida ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi kortga chiqdi.
Dunyo reytingida 16-o'rinni egallab turgan Garbin raqibasiga ortiqcha xurmat saqlab o'tirmadi va ikki setda 6/2, 7/6(6) hisobida g'alaba qozondi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar