22 fev 12:59
Yangiliklar
Tennis
Garbin Mugurusa faoliyatida tanaffus qiladi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning ikki karra chempioni ispaniyalik Garbin Mugurusa faoliyatida tanaffus olishga qaror qildi.
"Bir necha hafta o'ynamaslik niyatidaman. Men o'z darajamga qaytish uchun ishlashda davom etaman", - deya Mugurusananing so'zlarini keltiradi jurnalist Xose Morgado.
Tennischi Indian-Uells va Mayamidagi WTA 1000 seriyasiga kiruvchi nufuzli "Masters" turnirlarini o'tkazib yuboradi. Ammo tennischining qachon kortga qaytishi hali nomalum.
Malumot uchun, Garbin Mugurusa o'tgan yili WTA reytingida Top-5 talikka kirgan bo'lsa-da, keyingi hafta elon qilinadigan yangilangan haftalik reytingda Top-100'ni tark etadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar