27 fev 16:25
Yangiliklar
Tennis
Mugurusa 10 yil ichida ilk bora kuchli yuzlikni tark etdi
Jahonning sobiq birinchi raketkasi Garbin Mugurusa 10 yil ichida ilk bora WTA kuchli yuzligini tark etdi.
Yangilangan reytingda ispaniyalik tennischi 127-o'ringa tushib ketgan. U o'tgan yili Dohadagi chorak finalga chiqqani uchun ishlagan ochkolarini himoya qila olmadi va 40 pog'onaga tushib ketdi.
So'nggi marotaba Mugurusa 2013 yilning 27 yanvarida kuchli yuzlikdan tashqarida bo'lgan edi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar